Moskva Vashington kelishuvni buzganiga norozilik bildirdi

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSH nega Ukrainaga yangi harbiy yordam paketi doirasida to‘rtta Mi-17 vertolyotini jo‘natayotganini tushuntirishi kerak. Negaki Moskva shu turdagi vertolyotlarni faqatgina Afg‘onistonda foydalanish uchun Vashingtonga bergan. Bu haqda Rossiya TIV matbuot kotibi Mariya Zaxarova ma’lum qildi.

“Ushbu tushuncha qonuniy ravishda tegishli shartnomada va oxirgi foydalanuvchi sertifikatida mustahkamlangan bo‘lib, unda vertolyotlar Afg‘oniston Islom Respublikasiga uning Qurolli Kuchlari uchun yetkazilishi kerakligi oqda qora bilan ko‘rsatilgan. Faqat shu tarzda va boshqacha bo‘lishi mumkin emas”, deyiladi departament veb-saytidagi izohda.

Rossiyaning AQSHdagi elchixonasi Davlat departamentiga rasmiy murojaat qilib, batafsil tushuntirish talab qilgan, biroq Vashington “hech qanday arzirli javob” bermagan.

“Shuningdek, Amerika tomoni Rossiya va NATO o‘rtasidagi keskinlashuvga qarshi ekanini e’lon qilib, Ukrainaga mas’uliyatsizlik bilan uzoq masofaga uchuvchi raketa va artilleriya tizimlarini yetkazib berayotganini ham ta’kidlaymiz...”, deya qo‘shimcha qilgan Zaxarova.

Tashqi ishlar vazirligi AQSHning Ukrainadagi mojaroni tezroq hal qilish imkoniyatini orqaga surgan harakatlarini keskin qoralagan va buning oqibatlarini “Vashington va Kiyev” zimmasiga yuklagan.

Eslatib o‘tamiz, AQSH 1 iyun kuni Ukrainaga yuboriladigan yangi harbiy yordam paketini e’lon qildi. Umumiy qiymati 700 mln dollar bo‘lgan yordam HIMARS raketa tizimlari va Mi-17 vertolyotlarini ham o‘zi ichiga oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

387

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing