“Moskva Siti”da qurollangan shaxs granata portlatdi (video)

Olam

image

Moskva shahri yaqinidagi 1-Krasnogvardeyskiy o‘tish joyida noma’lum shaxs mashg‘ulot granatasini portlatib yubordi. Bu haqda “112” Telegram-kanali, “Mash” va “Baza” xabar berdi.

Shahar markaziy ma’muriy okrugi prefekturasi matbuot xizmati bir fuqaro to‘xtab turgan avtomobil oynasini sindirib, salonga noma’lum buyumni uloqtirganini ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, hujumchi pnevmatik to‘pponcha bilan ham qurollangan. 

“Baza” ma’lumotlariga ko‘ra, erkak “Moskva Siti” yaqinida to‘xtab turgan Jaguar mashinasini o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan. U qurol bilan tahdid qilib, haydovchidan mashinadan tushishini talab qilgan, keyin esa avtomobilga o‘tirib, uni ishga tushirmoqchi bo‘lgan.

Harakat muvaffaqiyatsizlikka uchragach, zo‘ravon mashina ichiga granata tashlagan va g‘oyib bo‘lgan.

Hozirda ushbu shaxs qo‘lga olingan. Mamlakat Ichki ishlar vazirligining Moskvadagi bosh boshqarmasi undan qurolini olib qo‘ygan. Hujum sababi hozircha noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya poytaxti Moskvaga 24, 28 va 30 iyul kunlari dronlar hujumi uyushtirilgandi. 31 iyul kuni mansabdor shaxslar, rahbarlar va boshqa xodimlarga ixtiyoriy ravishda masofadan ishlash taklif qilindi. Chunki 30 iyul kuniga o‘tar kechasi “Moskva Siti”ning Raqamli rivojlanish vazirligi joylashgan “IQ kvartal” minorasining 11 va 12-qavatlariga dron kelib urildi. Shuningdek, ushbu binoda Iqtisodiy rivojlanish vazirligi, Sanoat va savdo vazirligi va boshqa vazirliklar joylashgan.


Maqola muallifi

Teglar

granata Moskva Siti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing