Moskva metrosida tresh-video olgan o‘zbekistonlik bloger ushlandi (video)
3-sahifa
−
10 iyun 11835 1 daqiqa
Moskva metrosida provokatsion videolar suratga olib, ularni ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilib kelgan o‘zbekistonlik bloger politsiya xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligining rasmiy vakili Irina Volk ma’lum qildi.
“Bu yerda bunday qilish mumkin emasligini bilmagandim. Iltimos, meni kechiring”, deydi bloger IIV tomonidan e’lon qilingan videodagi so‘roq paytida.
Rossiya IIV matbuot xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, u Moskvaga aynan kontent uchun ataylab borgan. U metro yo‘lovchilarini ataylab janjalga undagan, ularning bunga bo‘lgan reaksiyasini videoga olgan va keyinchalik ushbu roliklarni internetga joylashtirgan.
Qayd etilishicha, bloger Rossiyani tark etishga urinayotgan vaqtda aeroportda qo‘lga olingan. Politsiya xodimlari tomonidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, uning yakunlari bo‘yicha protsessual qaror qabul qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq odamlar orasida “Saturn” nomi bilan tanilgan o‘zbekistonlik pop-MMA jangchisi Og‘abek Abdumo‘minov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ulashgan videosi sabab jarimaga tortilgandi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust