Moskva markazidagi shifoxonada yong‘in chiqdi
Olam
−
03 dekabr 2020
2660Bugun, 3 dekabr kuni Moskva markazida joylashgan shifoxonaning uchinchi qavatida yong‘in chiqdi. Binodan 20 ga yaqin odam evakuatsiya qilingan. Bu haqda shahar favqulodda vaziyatlar xizmatidagi manbasiga asoslnib, TASS agentligi xabar bermoqda.
"Durov ko‘chasi, 26-uyda joylashgan shifoxonada yong‘in boshlandi. Ochiq yong‘in uchinchi qavatda sodir bo‘ldi. Maydon 30 kvadrat metrni tashkil etadi", dedi manba.
Manbaning ta’kidlashicha binoda ta’mirlash ishlari ketayotgan bo‘lgan. Hammasi bo‘lib binodan 20 ga yaqin ishchi evakuatsiya qilingan.
"Ayni paytda yonayotgan shifoxonadan 20 ga yaqin odam qutqarildi. Ular binoni ta’mirlayotgan ishchilar bo‘lgan", dedi agentlik manbasi.