Moskva aeroportlari vaqtincha yopildi

Olam

image

Fuqarolik havo kemalari parvozlarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida Rossiya poytaxti Moskva shahrining Sheremetevo, Domodedovo, Vnukovo, Jukovskiy va Kaluga aeroportlarida vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi. Bu haqda Rosaviatsiya vakili Artyom Korenyako ma’lum qildi.

“Yengil aviatsiya va havo kemalari hozirda aeroportlarda parvoz qilish va qo‘nishni amalga oshirmaydi. Havo kemalari ekipajlari, aviatsiya nazoratchilari va aeroport xizmati barcha zarur xavfsizlik choralarini ko‘rmoqda – bu asosiy ustuvorlik”, deydi u.

RBK nashrining yozishicha, bu “Kovyor” rejim doirasida amalga oshirilmoqda. Rejim noqonuniy chegarani kesib o‘tish yoki havodagi noma’lum ob’ektlar sababli joriy etiladi. Sheremetevo aeroporti matbuot xizmati nashrga bergan izohida ushbu rejimning aeroport hududida joriy qilinganini tasdiqlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Tatariston Respublikasi poytaxti Qozon shahriga Ukraina uchuvchisiz samolyotlari hujum qilgan edi. Shundan so‘ng mintaqada dam olish kunlari uchun rejalashtirilgan ommaviy tadbirlar bekor qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Moskva aeroport

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing