Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining vakolatlari kengaytiriladi
Jamiyat
−
01 avgust 2020
7238O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi o‘z vakolatlarini barcha davlat organlari va tashkilotlari, ularning mansabdor shaxslaridan mustaqil ravishda amalga oshiradi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan mutasaddilik qiladigan davlat organlari ro‘yxatidan chiqariladi. Bu O‘zbekiston Prezidentining “Raqobatni ta’minlash va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish sohasida davlat siyosatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni loyihasida belgilangan.
Farmonda belgilanishicha:
• O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi o‘z vakolatlarini barcha davlat organlari va tashkilotlari, ularning mansabdor shaxslaridan mustaqil ravishda amalga oshiradi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan mutasaddilik qiladigan davlat organlari ro‘yxatidan chiqariladi;
• Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi iste’molchilarning huquqlari bo‘yicha Ombudsman rolini bajaradi;
• Qo‘mitaning raisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga binoan Oliy Majlisi Senati tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi, maqomi, tibbiy va transport xizmat ko‘rsatish sharoitlari bo‘yicha tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosariga tenglashtiriladi;
• Qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari, o‘rinbosarlari va Agentlikning direktori Qo‘mita raisining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi, maqomi, tibbiy va transport xizmat ko‘rsatish sharoitlari bo‘yicha tegishli ravishda vazirning birinchi o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
Belgilanishicha:
a) Qo‘mitaning asosiy vazifalari:
• raqobatni himoya qilish borasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish va o‘zlari mas’ul bo‘lgan tarmoqlarda raqobatni rivojlantirish bo‘yicha davlat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
• tadbirkorlik sub’ektlarining tovar va raqamli bozorlarga erkin kirishidagi to‘sqinliklarni bartaraf etishda ko‘maklashish, shuningdek tovar va xizmatlarning erkin harakatlanishini ta’minlash;
• xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ustun mavqeni suiiste’mol qilishi, «kartel» kelishuvlari va til biriktirish, nohalol raqobatga chek qo‘yish, shuningdek, davlat organlarining raqobatni cheklovchi qarorlar qabul qilishiga va shunday harakatlarni amalga oshirishiga yo‘l qo‘ymaslik;
• davlat aktivlarini sotishda, shuningdek, davlat xaridlari va strategik ahamiyatiga ega bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlar va korxonalarining xaridlari davomida raqobatni himoyalash;
• bozor ishtirokchilariga monopol va yuqori likvidli tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) xarid qilishda, davlat xizmatlaridan, shuningdek ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va tabiiy monopoliyalarning infratuzilmasidan foydalanishda teng shart-sharoitlarni ta’minlash;
• qonun hujjatlarining raqobatga ta’sirini baholash va imtiyozlar hamda preferensiyalar ko‘rinishidagi davlat ko‘magining ko‘rsatilishini nazorat qilish va uning samaradorligini baholash;
• tartibga solinadigan narxlari qo‘llanilishini, iqtisodiy konsentratsiya va birja savdolarini nazorat qilish;
• raqamli iqtisodiyotni monopoliyaga qarshi tartibga solish, shu jumladan transchegaraviy xarakterga ega bo‘lgan raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishlarining oldini olish maqsadida;
• monopoliyaga qarshi komplayensni, shuningdek xulq-atvor iqtisodiyoti (behavioral economics) tamoyillariga asoslangan monopoliyaga qarshi tartibga solishning moslashuvchan vositalarini joriy etish;
• raqobatni targ‘ib qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni o‘tkazish va jamiyatda raqobatni cheklashning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasizlikni shakllantirish;
b) Agentlikning qo‘shimcha vazifalari:
• qonun hujjatlari va ularning loyihalarini iste’molchilarning huquqlariga va qonuniy manfaatlariga ta’sirini kompleks baholash;
• elektron tijoratni amalga oshirishda, shu jumladan transchegaraviy xususiyatiga ega bo‘lgan, shuningdek elektron to‘lov xizmatlari yuzasidan iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish va amalga oshirish;
• tovarlarning ongli ravishda sifatli tanlovi va oqilona iste’mol qilish modellarini keng targ‘iboti bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish;
• iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmlarini joriy etish;
• iste’mol mahsulotlarning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha yagona mexanizmlarni ishlab chiqish va mahsulot bilan bog‘liq xatarlardan iste’molchilarni xabardor qilish;
• Agentlikni jamiyatda “xalq tuzilmasi” sifatida ijobiy tasavvurini shakllantirish bo‘yicha izchil chora-tadbirlarni amalga oshirish hisoblanadi.
Quyidagi qo‘shimcha huquqlar beriladi:
a) Qo‘mita va uning hududiy organlariga:
• mulkchilik shakllaridan qat’i nazar barcha tashkilotlarda Qo‘mita vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha tekshiruvlarni tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organni xabardor qilgan holda hamda tekshiruvlarni elektron shaklda ro‘yxatga olish yagona tizimida majburiy ravishda ro‘yxatdan o‘tkazish orqali amalga oshirish;
• o‘z vakolatlari doirasida davlat organlari va tashkilotlarga, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek xo‘jalik yurituvchi sub’ektlariga raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablari buzilishini bartaraf etish yuzasidan ijro etilishi majburiy bo‘lgan yozma ogohlantirishlar va ko‘rsatmalar berish;
• raqobatni himoya qilish masalalari, tabiiy monopoliya sub’ektlari faoliyatini nazorat qilishda amalga oshirilayotgan tadbirlarga iqtisodiy, moliyaviy, soliq, huquqni muhofaza qilish va boshqa organlari xodimlarini jalb etish;
• birja savdolarida narxlarning asossiz o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida bir xaridor tomonidan birja savdolarida xarid qilinadigan yuqori likvidli va monopol mahsulotlarning maksimal hajmini belgilash;
• monopolist-korxonalarga va davlat ulushi ustun bo‘lgan tashkilotlarga mahsulotlarni savdo sessiyalariga qo‘yish to‘g‘risida ko‘rsatma berish;
• insofsiz raqobat to‘g‘risida ishlarni ko‘rib chiqishda intellektual mulk ob’ektning o‘xshashligi ekspertizasini o‘tkazish;
• davlat xizmatlari uchun belgilangan to‘lov miqdorlarining asoslanganligini nazorat qilish va zaruriyat bo‘lgan taqdirda ularni kamaytirish yuzasidan ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;
• raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etmaslik holatlarini, shu jumladan kelishuvlarni (kelishilgan harakatlarni) aniqlash va ularga chek qo‘yish, ustun (monopol) mavqe va yuqori muzokara ustunligini suiiste’mol qilish, savdolar jarayonida raqobatni cheklash bo‘yicha harakatlar, auksion (birja) savdolarida narxlarni manipulyatsiya qilish, insofsiz raqobat va raqobatga qarshi harakatlarni aniqlash va oldini olish maqsadida monopoliyaga qarshi tergov o‘tkazish, bunda quyidagi harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi:
• tarafning joylashgan joyidagi va taraf yoki uchinchi shaxs o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan boshqa yerlardagi joylar, transport vositalari, yer va boshqa ob’ektlarga kirish va ularni ko‘zdan kechirish;
• hujjatlarni ular qanday saqlanayotganligidan qati nazar tekshirish;
• tegishli hujjatlarni olib qo‘yish, ulardan nusxa olish yoki skaner qilish, va agar texnik sabablarga ko‘ra buni amalga oshirish mumkin bo‘lmasa, monopoliyaga qarshi organning vakolatli shaxsi hujjatlarni olib qo‘yishi va mazkur hujjatlardan nusxa olish uchun talab qilinadigan butun vaqt mobaynida ularni saqlab turishi mumkin;
• tekshiruv davomida barcha xizmat joylari va hujjatlarga band qo‘yish;
• taraf vakili yoki uning xodimlaridan og‘zaki va yozma tushuntirishlar, shuningdek tergov predmeti bo‘lgan faktlar haqidagi hujjatlarni olish va agar yozma tushuntirish zarur bo‘lsa, monopoliyaga qarshi kurashish organining vakolatli shaxsi tushuntirish taqdim etilishi shart bo‘lgan muddatni belgilash;
• kelishuvlarni (kelishilgan harakatlarni) aniqlash va ularga chek qo‘yish maqsadida tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organni xabardor qilmasdan to‘satdan tekshirishlarni amalga oshirish (dawn raid);
b) Agentlik va uning hududiy organlariga:
• iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda davlat organlari, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari bilan munosabatlarda, shuningdek sudlarda ularning nomidan ishtirok etadi;
• iste’molchilar huquq va manfaatlarini amalga oshirish yuzasidan suddan tashqari tergov o‘tkazish;
• davlat organlari va tashkilotlarining iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, iste’mol tovarlari va xizmatlari sifati va xavfsizligini ta’minlash, reklama bozorini tartibga solish sohasidagi, shu jumladan iste’molchilarning muammolarini ko‘rib chiqish va hal qilish tizimini samarali faoliyat yuritish faoliyatini muvofiqlashtirish;
• iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish nuqtai nazaridan savdo qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
• Agentlikning axborot tizimini iste’molchilarning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini amalga oshirish faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari bilan integratsiyalash;
• iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini o‘rganishni tekshiruvlarni elektron shaklda ro‘yxatga olish yagona tizimidan ro‘yxatdan o‘tmagan holda ushbu jarayonni va huquqbuzarlik faktlarni qayd etish hamda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirish maqsadida shaxsiy kamera-videoregistratorlardan foydalanish sharti bilan amalga oshirish;
• chakana savdo nuqtalarida tovar va xizmatlarning nazorat xaridini amalga oshirish va ishlab chiqaruvchilardan hamda ulgurji yetkazib beruvchilardan tovar, buyum, xomashyo, materiallar va yarim tayyor mahsulotlari namunalarini, shuningdek, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish qonunchilik talablariga muvofiqligini tahlillar, tadqiqotlar va ekspertizalar o‘tkazish uchun hujjatlarni olib qo‘yish;
• iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik, Agentlikka axborot bermaslik yoki bila turib noto‘g‘ri axborot berish, uning ko‘rsatmalarini bajarmaslik, shuningdek uning faoliyatiga aralashganlik hamda uning xodimlariga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni qonuniy bajarishlariga to‘sqinlik qilish maqsadida har qanday shaklda ta’sir o‘tkazganlik uchun davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga nisbatan jarimalar qo‘llash;
• O‘zbekiston Respublikasining har bir tarmog‘i va hududi bo‘yicha iste’molchilarni himoyalanganligi darajasi yuzasidan reytinglar tuzish;
• zaruriyat bo‘lgan taqdirda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish sohasida tadbirlarni o‘tkazishda jamoat tartibini ta’minlash uchun ichki ishlar organlarning xodimlarini jalb qilish.
LiveBarchasi