Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i koronavirusdan vafot etgani aytilmoqda

Jamiyat

image

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi 40 yoshli mutaxassisi vafot etdi. Bu haqda qo‘mita Matbuot xizmati xabar berdi va ta’ziya bildirdi.

Sanjar Hoshimovich Abduqodirov – 1980 yilda Namangan shahrida tavallud topgan. Namangan muhandislik iqtisodiyoti instituti va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi Akademiyasini bitirgan. “O‘zLiDep” partiyasi a’zosi bo‘lgan.

Bildirilishicha, uzoq yillar davomida Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va  nazorat qilish, Davlat mulki qo‘mitasi va Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasida foaliyat olib borgan.

Ayni kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Qonun hujjatlarini va davlat organlari qarorlarining raqobat muhitiga ta’sirini baholash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida mehnat qilib kelgan.

“Kimgadir aka, uka, do‘st va hamkasb bo‘lgan yaqin qadrdonimiz biz sizni sog‘inamiz! Ilohim ohiratingiz obod bo‘lsin!

Sizning ortingizda qolgan oila-a’zolaringiz va yaqinlaringizga Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi o‘zining chuqur ta’ziyasini izhor etadi”, deya hamdardlik bildirgan qo‘mita.

Ijtimoiy tarmoqlarda Sanjar Abduqodirov koronavirus infeksiyasidan vafot etgani haqida xabarlar tarqalyapti. Qo‘mita ham o‘lim sababi haqida ma’lumot bermagan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

523

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing