Monopoliyaga qarshi qo‘mita Toshkentda sovuq suv narxining oshirilishiga izoh berdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi ijtimoiy tarmoqlarda poytaxt Toshkent shahrida sovuq suv uchun to‘lovlarning oshirilgan narxlarda qabul qilinishi bo‘yicha tarqalgan xabarlarga izoh berdi.

Qayd etilishicha, tijorat banklari va pochta aloqa bo‘linmalari ichimlik suvi va kanalizatsiya xizmatlari uchun to‘lovlarni oshirilgan narxlarda qabul qilishni zudlik bilan to‘xtatish hamda yangi narxlarni 10 maydan qo‘llash to‘g‘risida Qo‘mita tomonidan ogohlantirilgan.

“Suvsoz” DUK tomonidan yangi narxlar belgilangan muddatlardan boshlab qo‘llanilishi va bugungi kunga qadar oshirilgan narxlarda olingan to‘lovlar iste’molchilarga qayta hisob-kitob qilinishi majburiyati yana bir bor tasdiqlandi”, deyiladi xabarda.

To‘lovlarning 10 mayga qadar oshirilgan narxlarda qabul qilinishi holatlari kuzatilgan taqdirda Qo‘mitaning (71) 241-58-64 raqami yoki ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali bog‘lanishingiz so‘raladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 2 aprel kuni hokim qarori bilan Toshkentda sovuq suv ta’minotiga qo‘shimcha maxsus ustamaning saqlab qolinishi haqida xabar bergan edik. Qaror 24 apreldan kuchga kirishi kerak edi. “Suvsoz” DUK esa sovuq suv ta’minoti uchun to‘lov oshirilganini 25 aprel kuni e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

sovuq suv Suvsoz Monopoliyaga qarshi qo'mita

Baholaganlar

16

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing