Toshkentda sovuq suv narxi oshirildi
Jamiyat
−
26 aprel 2019
19809Joriy yilning 24 aprelidan boshlab Toshkent shahrida sovuq suv tariflari oshdi. Bu haqda “Suvsoz” korxonasi 25 aprel kuni xabar tarqatdi. Yangi narxlar Toshkent shahar hokimiyati tomonidan 2 aprel kuni tasdiqlangan.
Toshkent shahar hokimining 2018 yil yanvardagi qaroriga binoan, ichimlik suv ta’minoti xizmatlari tariflariga maxsus ustama haq miqdori iste’molchilarga 1 m metr/kub uchun 100 so‘m qilib belgilandi.
Markazlashgan issiq suv ta’minotiga ega ko‘p qavatli uylarda 1 metr/kub narxi endi 1050 so‘mni (hozirda — 850 so‘m), markazlashgan issiq suv ta’minotisiz — 715 so‘mni (hozirda — 615 so‘m) tashkil etadi.
Xususiy sektor uylarida kanalizatsiya mavjud bo‘lganda bir metr/kub suv narxi 615 so‘mdan 715 so‘mga oshirildi, kanalizatsiyasiz - 380 so‘m.
Ichki vodoprovod, rakovina, unitaz, vanna yoki mahalliy suv isitish uskunalariga ega dush bo‘lgan kanalizatsiyalangan uylarda bir kishiga hisoblagichsiz to‘laganda tarif aprel oyida 8933,22 so‘mdan 9083,15 so‘mga oshirildi, maydan esa 10116,43 so‘mni tashkil etadi.
LiveBarchasi