Xorazmda sovuq suv va kanalizatsiya uchun to‘lovlar oshiriladi
Jamiyat
−
31 may
454016 iyundan Xorazm viloyatida sovuq suv va kanalizatsiya xizmatlari tariflari oshiriladi. Bu haqda “O‘zsuvta’minot” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, aholi uchun bir kubometr suv narxi 3500 so‘mgacha, tadbirkorlik sub’ektlari uchun esa 8000 so‘mgacha ko‘tariladi.
Bir kubometr uchun sovuq suv uchun yangi tariflar (QQSsiz):
- aholi uchun – 3500 so‘m;
- byudjet tashkilotlari uchun – 8 000 so‘m;
- boshqa iste’molchilar uchun – 8 000 so‘m.
Bir kub metr uchun kanalizatsiya xizmatlari uchun tariflar (QQSsiz):
- aholi uchun – 1700 so‘m;
- byudjet tashkilotlari uchun – 2800 so‘m;
- boshqa iste’molchilar uchun – 2800 so‘m.
Bildirilishicha, keyingi besh yilda Xorazm viloyatida markazlashtirilgan suv ta’minoti bilan qamrov darajasi 52,1 foizdan 90,4 foizga oshgan. Joriy yil oxiriga kelib bu ko‘rsatkich 91,2 foizni tashkil etadi.
“Xalqimizga ichimlik suvi yetkazib berish va oqova suv xizmati ko‘rsatishni yaxshilash bo‘yicha qilinayotgan ishlar qatorida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 maydagi №383-son, 2020 yil 14 apreldagi №221-son qarorlariga asosan Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining 150 mln AQSH dollari qiymatida imtiyozli kredit mablag‘larini jalb qilish evaziga viloyat aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlovchi quvvati 200 ming m3 li asosiy Pitnak ichimlik suvi tozalash inshootini rekonstruksiya qilish va quvvatini 400 ming m3 ga yetkazish (30 mln dollar), ichimlik suvi manbasidan uzoq masofada bo‘lgan Gurlan, Yangibozor, Shovot tumanlarini uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida Gurlan tumanida quvvati 50 ming m3 lik yangi ichimlik suvi tozalash inshootini qurish; Urganch, Xiva Pitnak kanalizatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish va yangidan qurish, Gurlan tumanida kanalizatsiya tizimlarini barpo qilish rejalashtirilganligini ta’kidlash joiz. Bundan tashqari ish haqi, elektr-energiya, soliq to‘lovlari, xorijiy kreditlar to‘lovi amalga oshirilgan bo‘lib, joriy va kapital ta’mirlash, tizimni modernizatsiya qilish ishlarida ham sarf-xarajatlar talab etiladi", deyiladi xabarda.