Monopoliyadan chiqarish qo‘mitasi ikkita qonunni birlashtirmoqchi

Jamiyat

−

image

O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasida yangi tahrirdagi “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama qilina boshladi, deb xabar berdi “Norma”.

Yangi tahrirda ikkita: “Raqobat to‘g‘risida” va “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi qonunlarni qo‘shib yuborish nazarda tutilgan.

Qo‘mita mutaxassislari amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan alohida moddalarni kiritishni taklif qilyapti:

  • raqobat prinsiplari;
  • davlat ko‘magi, monopsoniya (bozordagi vaziyat, bunda yagona xaridor ko‘plab sotuvchilar bilan hamkorlik qilib, ulardagi narx va sotish hajmini belgilaydi, tahr.) tushunchasining joriy etilishi;
  • raqamli bozorlar;
  • savdo faoliyatini monopoliyaga qarshi tarzda tartibga solish;
  • monopoliyaga qarshi komplayens (tahdidlarga qarshilik qilish va xatarlarni boshqarish tizimi, tahr.).

Maqola muallifi

Baholaganlar

16

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing