“Coca-Cola”ning buzilgan reklama huquqi tiklab berildi

Jamiyat

image

“Coca-Cola” kompaniyasining buzulgan reklama huquqi O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan tiklab berildi. Bu haqda Qo‘mita Matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 22 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga “The Coca-Cola Company”ning O‘zbekistondagi vakolatxonasidan murojaat kelib tushgan. Ushbu murojaatga ko‘ra, “N‘Medov” kompaniyasi o‘zi ishlab chiqaryotgan “Pankie” mahsulotini reklama qilish maqsadida unga tegishli bo‘lgan videorolikka “aynan o‘xshash” bo‘lgan videorolikdan foydalanayotgani, bu xolat O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunining 13 moddasini buzilishi va o‘z navbatida “The Coca-Cola Company” mualliflik huquqini buzilishiga olib kelishi qayd qilingan. 

Ushbu videorolik birinchi marta 2016 yilda namoyish etilgan.

Qo‘mita “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning nohalol raqobat talablariga asoslangan holda, “N‘Medov” kompaniyasiga “Pankie” muzqaymog‘i bilan bog‘liq reklama roligini ishlab chiqish va namoyish etish bilan bog‘liq hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim etish to‘g‘risida xabardor qilgan.

“N‘Medov” kompaniyasi tomonidan Qo‘mitaga taqdim etilgan ma’lumotda, mazkur xolat bo‘yicha jiddiy o‘rganish o‘tkazilgani, natijada tushunmovchilik sababli ushbu xolatga yo‘l qo‘yilgani, natijada “Pankie” muzqaymog‘ini reklama qiluvchi videorolik televideniye tarmoqlari, Internetdagi ijtimoiy sahifalardan olib tashlangani, shuningdek kompaniya doimo “Raqobat to‘g‘risida” va “Reklama to‘g‘risida”gi qonun talablari tarafdori bo‘lib qolishi ma’lum qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Coca-Cola reklama

Baholaganlar

50

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing