Monopolist xizmatiga 2,4 mlrd so‘m ko‘p haq olgani aniqlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi monopol sub’ekt “Agrosanoat majmuida xizmat ko‘rsatish markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar uchun yuqori to‘lovlar olayotganini aniqladi. Bu haqda Qo‘mita Matbuot xizmati xabar berdi.

Qo‘mita tomonidan amalga oshirilayotgan nazorat ishlari doirasida qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini sertifikatsiyalash va sifatini nazorat qilish xizmatlari bozori o‘rganib chiqildi.

Urug‘larni sertifikatsiyalash va sifatini nazorat qilish – bu urug‘larning sifat ko‘rsatkichlari ishonchliligini va davlat standartlariga muvofiqligini tekshirish maqsadida ekishgacha bo‘lgan zarur tahlillarni o‘tkazish jarayoni bo‘lib, navi va ekish sifati yuqori bo‘lgan urug‘ zahirasini (fondini) shakllantirishga ko‘maklashishdan iboratdir.

Tegishli sifatga ega bo‘lgan urug‘, yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotining hosildorligiga, shuningdek fermer xo‘jaliklarining daromadiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.

Bugungi kunda, “Agrosanoat majmuida xizmat ko‘rsatish markazi” davlat unitar korxonasi ushbu xizmatni yagona yetkazib beruvchisi hisoblanadi va tovar yoki moliya bozorlarida ustun mavqega ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar Davlat reyestriga kiritilgan.

O‘tkazilgan o‘rganishlar markaz tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarga monopol yuqori narxlar qo‘llanilayotganligini ko‘rsatdi. Natijada, sertifikatsiyalash xizmatlari narxlari 18 foizga pasaytirildi va iste’molchilar foydasiga 2,4 mlrd so‘m qayta hisob-kitob qilib berildi.

Ta’kidlanishicha, o‘rganish natijalari bo‘yicha ko‘rilgan choralar fermer xo‘jaliklarini qishloq xo‘jalik ekinlarini ekishi bilan bog‘liq xarajatlarini qisqartirishga imkon beradi.


Maqola muallifi

Teglar

monopoliya qishloq xo'jaligi

Baholaganlar

20

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing