Moliyaviy piramida tuzgan chinozlik yangi “Ahmadboy” jazolandi
Jamiyat
−
04 may 2019
9054Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Chinoz tuman bo‘limi tomonidan moliyaviy piramida tashkil etgan shaxs B.X. qo‘lga olindi. Bu haqda Departamentning Chinoz tuman bo‘limi boshlig‘i Azamatxon Saydavutov "Huquq" nashrida yozib qoldirdi.
U "Ahmadboy ssenariysi" asosida fuqarolardan pul, avtomashina, qoramol va boshqa qimmatli buyumlarni ikki barobar qilib qaytarish evaziga qabul qilib olavergan. Vaqt o‘tgani sayin uning "mijoz"lari ham кўпайиб boraveradi. Aynan shuning hisobiga B.X.ning faoliyati kengayavergan.
Ishni shu tariqa davom ettirgan Ahmadboyning izdoshi qisqa vaqt ichida odamlardan 3 milliard 42 million 302 ming so‘m pul yig‘ib olishga erishgan. Mazkur mablag‘larni legallashtirish maqsadida дастлаб mas’uliyati cheklangan jamiyati tashkil qiladi va банкдан hisob raqam ochib, jinoiy faoliyatdan olingan 402 million 472 ming so‘m mablag‘ni "moliyaviy yordam" sifatida kiritadi. Tashkil etilgan MCHJga 8 dona Nexia rusumli avtomashina sotib olgan.
Yig‘ilgan mablag‘ning 248 million 996 ming so‘mini esa aksiyadorlik jamiyati tashkil qilib, uning nizom jamg‘armasini shakllantirish uchun bankdagi hisob raqamiga kiritadi. Mazkur mablag‘ hisobidan yana respublikada ishlab chiqarilgan 12 ta turli rusumdagi avtomobillarni xarid qilgan.
Qolganini pullarni jamiyatlarga kiritilgan ulushlardan ortganiga o‘zi uchun turli ko‘chmas mulk ob’ektlari, ya’ni turli bo‘sh binolar, qum olish karerlari xarid qilgan.
Surishtiruv jarayonida ma’lum bo‘lishicha, bu shaxsga pul berganlar soni salkam 350 nafarni tashkil etgan. B.X.ga nisbatan firibgarlik, juda ko‘p miqdorda valyuta qimmatliklarini olish, o‘tkazish, noqonuniy tadbirkorlik, savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish, faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanish hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyatlarini qasddan sodir etish kabi ayblovlar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sud hukmi bilan tegishli jazo tayinlangan.
LiveBarchasi