Moliya vazirligi o‘qituvchilarga to‘lanadigan qo‘shimcha to‘lovlarni qisqartirishni taklif qilyapti

Jamiyat

image

Moliya vazirligi “2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonunda ta’lim muassasalari xodimlariga to‘lanadigan qo‘shimcha to‘lovlarni qisqartirishni taklif qilyapti. Bu haqda Hisob palatasining Qonuni loyihasi va 2021 yil uchun Byudjetnoma bo‘yicha xulosasida aytib o‘tilgan.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasining 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan fiskal strategiyasining ish haqi va boshqa to‘lovlar bo‘yicha byudjet siyosatida:

•    ta’lim muassasalaridan tashqari byudjet tashkilotlarida moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasidan to‘lovlarni 5 foiz (hisobiy 0,8 trln so‘m) bandga;
•    ta’lim muassasalarida ishlovchi xodimlarga direktor jamg‘armasidan to‘lanuvchi to‘lovlarni 4 foiz (hisobiy 1 trln so‘m) bandga qisqartirish taklif qilingan.

Hisob palatasi 2020 yilda byudjet muassasalarida ishlovchi xodimlarning ish haqini indeksatsiyasi inflyatsiya darajasidan (kutilayotgan inflyatsiya miqdori 11,5 foiz) past miqdorda bo‘lganligi hamda ularning real daromadlari kamida 10 foizga kamayganligini inobatga olib, yuqoridagi qisqartirishlarni amalga oshirmaslikni taklif qilgan.

Bunda, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining shtat birliklarini 10 foizga qisqartirish natijasida maqbullashtiriladigan 550 mlrd so‘m va davlat maqsadli jamg‘armalariga ehtiyojga nisbatan ortiqcha berilayotgan 1 trln 311,4 mlrd so‘m byudjet transfertlarini byudjet tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasiga yo‘naltirish maqsadga muvofiq ekani aytilgan.


Maqola muallifi

Teglar

o'qituvchi Davlat byudjeti

Baholaganlar

386

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing