Moliya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 15 sentyabrdagi qaroriga asosan Moliya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi.

Moliya vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, qaror bilan Qurbanmurat Xolmuratovich Taparov Moliya vaziriga o‘rinbosar bo‘ldi.

Qurbanmurat Taparov 1978 yilda Qashqadaryo viloyati, G‘uzor tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy, 1999 yilda Qarshi davlat universitetini, 2004 yilda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi va 2012 yilda Ritsumeykan Universitetlarini (Yaponiya) tamomlagan. 

Qurbanmurat Taparov o‘z faoliyatini 1999 yilda Qashqadaryo viloyati moliya boshqarmasining 1-toifali iqtisodchisi lavozimida boshlagan.

2003 yilda Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hisob-kitobi jamg‘armasining Qashqadaryo viloyatidagi mintaqaviy yetakchi inspektori sifatida, keyinachalik, ushbu boshqarmaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarning tuzilishi va ijro etilishi ustidan nazorat olib borish bo‘limi bosh iqtisodchisi, bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari va bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

2017-2018 yillarda – Moliya vazirligi Hududlar moliyasi bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari va keyinchalik boshqarmasi boshlig‘i. 

2018 yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan ishlash sho‘’basi yetakchi inspektori lavozimida ishlab kelgan.

Tayinlovga qadar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hokimiyat vakillik organlari va siyosiy partiyalar bilan hamkorlik qilish sho‘’basi yetakchi inspektori lavozimida samarali faoliyat yuritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Moliya vazirligi Qurbanmurat Taparov

Baholaganlar

108

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing