Moliya institutiga ham yangi rektor tayinlandi

Jamiyat

image

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori lavozimida faoliyat yuritib kelgan To‘lqin Teshaboyev Toshkent moliya instituti rektori etib tayinlangan. Bu haqda TATU axborot xizmati xabar berdi.

To‘lqin Teshaboyev 2012-2014 yillarda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori, 2014-2016 yillarda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi rais o‘rinbosari bo‘lgan. 2016 yildan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori sifatida ishlab kelayotgandi.

Ma’lumot uchun, joriy yilning iyun oyida Moilya instituti rektori Ulug‘bek Azizov boshqa ishga o‘tgani uchun bu lavozimdan ozod qilingandi. Uning vazifasini bajarish vaqtincha institut prorektori Sultonali Umaraliyevich Mehmonovga topshirilgandi.

Avvalroq, Sarvar Boboxo‘jayev Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori lavozimiga tayinlangani xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

To'lqin Teshaboev

Baholaganlar

149

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar