Moldovada politsiya va namoyishchilar o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi (video)

Olam

image

Bugun, 12 mart kuni Moldova poytaxti Kishinyov markazida politsiya va muxolifatning ommaviy namoyishi ishtirokchilari o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Namoyishchilar “Diktatura barham topsin”, “Maya Sandu hukmronligi [Moldova Prezidenti] tugasin” degan shiorlar aytishgan. Politsiya bilan qisqa to‘qnashuvlardan so‘ng namoyishchilar maxsus kuchlar to‘siqlarini chetlab o‘tib, parlament binosi, Prezident qarorgohi va hukumatga yo‘l olishgan.

Muxolif partiya deputati Vadim Fotesku, Regina Apostolova va siyosiy kuch vitse-prezidenti Marina Tauber namoyishchilarni boshqarib, ularga miting o‘tkazishga ruxsat berishni talab qilib, huquq-tartibot idoralari vakillari bilan muzokaralar olib bormoqda.

Moldova politsiyasi bosh inspeksiyasi o‘z saytida 54 nafar namoyishchi, jumladan, 21 nafar voyaga yetmaganlar hibsga olingani haqida xabar bergan.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, ular o‘zlarini shubhali tutgan va taqiqlangan narsalarni olib yurgan. Namoyish tashkilotchilari esa hukumatni tinch namoyish boshlanishiga halaqit berish maqsadida provokatsiyalar va boshqa noqonuniy harakatlar uyushtirganlikda ayblamoqda.

Qayd etilishicha, mitinglar chog‘ida parlamentni tarqatib yuborish va mamlakat Prezidentini iste’foga chiqarishga chaqiruvchi shiorlar yangramoqda.

Moldovada norozilik namoyishlari

Moldovada 2022 yilning yozidan buyon ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda, uning ishtirokchilari Sandu va hukumat iste’fosini talab qilmoqda.

Namoyishchilar gaz narxi yetti baravar, oziq-ovqat, elektr energiyasi, kommunal xizmatlar va yoqilg‘i narxlari keskin oshgan hamda inflyatsiya yiliga 34,62 foizni tashkil qilgan iqtisodiy inqirozda hukumatni ayblamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Moldova namoyishchilar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing