Moldovada favqulodda holat e’lon qilinadi

Olam

image

Moldovada 16 dekabrdan 60 kunlik favqulodda holat joriy etiladi. Bu haqda ProTV telekanali xabar berdi.


Favqulodda holat joriy etilishining asosiy sababi sifatida Rossiyadan gaz yetkazib berishni to‘xtatish tahdidi ko‘rsatilgan. Favqulodda holat joriy qilishni 101 deputatdan 56 nafari qo‘llab-quvvatlagan.

“2025 yil 1 yanvardan boshlab Rossiyadan gazning mamlakatga kelishi to‘xtashi kutilmoqda”, deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, Rossiyadan gaz Moldovaga Ukraina orqali o‘tadigan quvur orqali keladi. Rossiyaning "Gazprom" va Ukrainaning “Naftogaz” kompaniyalari o‘rtasidagi yoqilg‘i tranziti bo‘yicha besh yillik shartnoma muddati 31 dekabrda tugaydi. Kiyev kelishuvni uzaytirmasligini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen AQSHning yangi prezidenti etib saylangan Donald Trampga Yevropa bozoridagi Rossiya suyultirilgan gazini Amerika gaziga almashtirishni taklif qilgandi. Uning aytishicha, Yevropa hali ham Rossiyadan katta hajmdagi suyultirilgan gaz oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Moldova favqulodda holat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing