Moldova Prezidenti Bosh vazir lavozimiga ham ayol nomzodini ko‘rsatdi

Olam

image

Moldova Prezidenti Mayya Sandu sobiq Moliya vaziri Natalya Gavrilitsa nomzodini mamlakat Bosh vaziri lavozimiga ilgari surdi. Bu haqda "Sputnik Moldova" xabar berdi. 

"Men Natalya Gavrilitsa nomzodini Bosh vazir lavozimiga ko‘rsatish to‘g‘risida qaror qabul qildim. U men ishongan professional odam", degan davlat rahbari. 

Shuningdek, u Gavrilitsaga Hukumat guruhini tuzishni va iqtisodiy rivojlanish va Hukumat institutlarini korrupsiyadan tozalashga asoslangan Vazirlar Mahkamasi dasturini tayyorlashni buyurgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Moldovaning sobiq Bosh vaziri Ion Kiku 2020 yil dekabr oyi oxirida o‘zi va Hukumati iste’foga chiqqanini e’lon qilgandi. 

Eslatib o‘tamiz, Moldovaning saylangan Prezidenti Mayya Sandu o‘tgan yili 24 dekabr kuni qasamyod qilib, Respublika rahbari sifatida ish boshlagandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Moldova Bosh vazir

Baholaganlar

46

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing