Moldavada gaz bo‘yicha “yomon” va “juda yomon” qarorlar e’lon qilindi

Olam

image

“Moldovagaz” kompaniyasi rahbari Vadim Cheban gaz tariflarini oshirish va qarzlarni to‘plash bilan bog‘liq ikkita yomon qarorni taqdim etdi. Bu haqda u TV8 telekanali efirida ma’lum qildi.

“Bizda ikkita qaror bor – biri yomon, ikkinchisi juda yomon. Yomon qaror – biz tarifni oshiramiz, bundan ham yomoni – biz uni oshiramiz va aholidan yangi qarzlarni yig‘amiz”, deydi Cheban.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bozorda gaz narxi o‘sishda davom etmoqda, shuning uchun Moldovada gaz tariflarining oshishi bilan bog‘liq vaziyatni endi sudrab bo‘lmaydi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, hozirda mamlakatda allaqachon oshirilgan tarif bor, lekin fuqarolarning qarzlari oshib bormoqda, chunki ular uchun hisob-kitoblarni to‘lash qiyin. Kuzda tariflarning yana bir o‘sishi bilan vaziyat yanada qiyinlashadi. Shu sababli, aholi o‘rtasida qarzlarni to‘lash muammosi juda jiddiy bo‘ladi.

Qayd etilishicha, 4 iyul kuni “Moldovagaz” regulyatordan tariflarning manfiy og‘ishlari bo‘yicha qarzi 130 million dollargacha oshgani sababli gaz tarifini oshirishni so‘rashga qaror qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya metodologiya talab qilganidek, yo‘qotishlarni qoplashni talab qilmaydi. Biroq tarif qayta ko‘rib chiqilmasa, tez orada qarzning joriy miqdoriga yana 7 million dollar qo‘shiladi.


Maqola muallifi

Teglar

gaz Moldava

Baholaganlar

976

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing