Toshkentning 4 tumanida gaz vaqtinchalik o‘chiriladi
Jamiyat
−
19:35 323 2 daqiqa
Ertaga, 4 sentyabr kuni ta’mirlash va texnik ishlar sabab Toshkent shahrining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali xabar berdi
Qayd etilishicha, Sergeli tumanida soat 10:00 dan 17:00 gacha “Qubaytepa” MFY Sadiy ko‘chasidagi 356 ta xonadon va 12 ta ulgurji iste’molchiga gaz yetkazib berish to‘xtatiladi.
Bektemir tumanida soat 10:00 dan 18:00 gacha “H. Bayqaro” MFY Yu. Chirchiq ko‘chasidagi 12 ta xonadon hamda 2-, 3- va 77-sonli ko‘p qavatli uylardagi 116 ta xonadon gazsiz qoladi.
Yangihayot tumanida esa soat 11:00 dan 16:00 gacha “Chortoq” MFY Gulzor 6-tor ko‘chasidagi 38 ta xonadon va 3 ta ulgurji iste’molchiga gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Shuningdek, Mirzo Ulug‘bek tumanida soat 10:00 dan 17:00 gacha “Alisherobod” MFYdagi 5 ta ko‘p qavatli uy va 643 ta yerli xonadon, shuningdek, “Yangi Avayxon” MFY Qorasuv-6 dahasidagi 42 ta ko‘p qavatli uydagi 2 769 ta xonadon hamda ushbu hududdagi 38 ta ulgurji iste’molchi gaz ta’minotidan vaqtincha uziladi.
Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Toshkent shahri Yangihayot tumanidagi qator hududlarda 10 kun davomida elektr energiyasi bo‘lmasligi haqida xabarlar noto‘g‘ri ekani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi