Mol‑mulk va yer soliqlaridagi imtiyozlardan foydalanish tartibi belgilandi
Jamiyat
−
18 iyul 8337 2 daqiqa
O‘zbekistonda mol‑mulk va yer soliqlari bo‘yicha soliq imtiyozlaridan foydalanish borasida murojaat berish tartibi belgilandi. Bu haqda Hukumatning kuni kecha, 16 iyulda qabul qilingan 389-sonli qarorida qayd etildi hamda mazkur qaror bilan Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 2 apreldagi 150‑son qaroriga qo‘shimcha kiritildi.
Kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, “Jismoniy shaxslar tomonidan mol-mulk va yer soliqlari bo‘yicha soliq imtiyozlaridan foydalanish uchun elektron murojaat yuborish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish”ning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
Reglamentga ko‘ra, jismoniy shaxslar tomonidan mol‑mulk va yer soliqlari bo‘yicha soliq imtiyozlaridan foydalanish uchun quyidagilardan biri orqali elektron murojaat yuborish mumkin bo‘ladi:
- elektron soliq xizmatlari portali;
- Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz).
Qayd etilishicha, yuborilgan ma’lumotlarni soliq organining mas’ul xodimi 2 ish kunida soliq organlarida mavjud ma’lumotlar asosida o‘rganadi va soliq imtiyozini qo‘llash yoki uni rad etish to‘g‘risida xulosa rasmiylashtiradi.
Soliq organining tegishli xulosasi 1 ish kuni ichida Elektron soliq xizmatlari portali orqali jismoniy shaxsning shaxsiy kabineti yoxud YAIDXP(my.gov.uz)ga yuboriladi.
Murojaat qaytarilgan taqdirda, jismoniy shaxs rad etish uchun asos bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda, qayta murojaat qilishga haqli hisoblanadi. Bunda murojaat mazkur reglament talablari asosida takroran ko‘rib chiqiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda ish tashlashni amalga oshirishning qonuniy tartiblari belgilangan edi.
Live
BarchasiSariosiyoda terroristik guruh ushlandi
08 avgust