Mol-mulk va yer solig‘ini undirish mahallaning o‘ziga o‘tkaziladi
Olam
−
11 Oktabr 2022
9242Har bir mahalla o‘zining muammosini mustaqil hal etishi uchun kelgusi yildan “Mahalla byudjeti” tizimi joriy etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida bugun, 11 oktyabr kuni o‘tkazilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar mavzusidagi videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Kelgusi yil 1 yanvardan boshlab har bir viloyatning bittadan tumanida tajriba tariqasida aholining mol-mulk va yer solig‘ini undirish mahallaning o‘ziga o‘tkaziladi. Bunda:
• undirilgan mol-mulk va yer solig‘i mahalla byudjetida qoladi;
• har yili 1 fevralga qadar hokimlar mahalla raisi va hokim yordamchilari bilan birga mahalla byudjeti hisobidan hal qilinadigan loyihalar ro‘yxatini tuman Kengashlariga tasdiqlash uchun kiritadi;
• kelgusi yil yakunida ushbu tajriba barcha hududlarda joriy qilinadi.
LiveBarchasi