MOQ raisiga yangi vitse-prezident tayinlanmoqda

Sport

image

O‘zbekiston Taekvando WTF Assotsiatsiyasi raisi lavozimida ishlab kelayotgan Sherzod Toshmatov Milliy Olimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti lavozimiga tayinlandi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi. 

Tayinlov bugun, 16 noyabr kuni O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining navbatdagi Assambleyasida e’lon qilinadi. Yig‘ilish Bosh kotib Oybek Qosimov tomonidan o‘tkazilishi kutilmoqda. 

Ayni vaqtda MOQ Prezidentining uch nafar vitse-prezidenti bor. Ular: 

•    Salim Abduvaliyev, O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi raisi;
•    Aziz Komilov, O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi;
•    Saken Po‘latov, O‘zbekiston boks federatsisi raisining birinchi o‘rinbosari.

Ma’lumot o‘rnida, Sherzod Toshmatov 2014-2019 yillarda O‘zbekiston boks federatsiyasi vitse-prezidenti lavozimida ishlagan. 


Maqola muallifi

Teglar

Sherzod Toshmatov

Baholaganlar

90

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing