Xanchjou-2022. Atletlar shaharchasida O‘zbekiston bayrog‘i ko‘tarildi (video)
Sport
−
22 Sentabr 2023
3594Xabaringiz bor Xitoyning Xanchjou shahrida 23 sentyabr-8 oktyabr kunlari XIX yozgi Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Mazkur musobaqada katta tarkib bilan qatnashayotgan O‘zbekiston sport delegatsiyasi bugun, 22 sentyabr kuni navbatdagi rasmiy tadbir – ishtirokchi mamlakatlarning bayroqlarini ko‘tarish marosimida ishtirok etdi.
O‘yinlar dasturidan rasmiy marosimlardan biri sifatida o‘rin olgan ushbu tadbirda Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikromov, O‘zbekiston MOQ raisi o‘rinbosarlari Saken Po‘latov va Sherzod Toshmatov, Tashkiliy qo‘mita vakillari hamda sportchilar ishtirok etdi. Marosimda O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi sadosi ostida mamlakat bayrog‘i ko‘tarildi.
Ma’lumot uchun, Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlariga O‘zbekiston o‘z tarixidagi eng katta delegatsiya bilan ishtirok etmoqda. Jami 350 dan ziyod o‘zbekistonlik sportchi medallar uchun kurashishi kutilmoqda.
LiveBarchasi