MOQ rahbariyati Osiyo Olimpiya kengashi yig‘ilishida qatnashdi
Sport
−
27 noyabr
4130Quvaytda Osiyo Olimpiya kengashi (OOK) Ijroiya qo‘mitasining 90-yig‘ilishi o‘tkazildi. Tashkilot faoliyatining yaqin kelajakdagi rejalari, oldinda turgan yirik kompleks musobaqalar tayyorgarligiga doir masalalar ko‘rib chiqilgan yig‘ilishda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi vakillari ham qatnashdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbirda O‘zbekiston nomidan OOK vitse-prezidenti, MOQ raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov va mamlakat dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Komilov ishtirok etdi.
Yig‘ilish kun tartibidan Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo o‘yinlarining tashkiliy masalalariga oid so‘nggi yangiliklar va ularning muhokamasi o‘rin oldi. Mas’ullar mavzu bo‘yicha o‘z taqdimotlarini namoyish etdi. Shuningdek, tadbirda OOK doimiy qo‘mitalari o‘z faoliyati yuzasidan hisobot berdi. Qolaversa, Osiyo Olimpiya kengashi hamda Quvayt hukumati o‘rtasida tashkilot shtab-kvartirasining avtonomligi bo‘yicha kelishuv imzolandi.
Xizmat safari davomida Quvayt davlati hamda Olimpiya oilasining yuqori martabali a’zolari, OOK rahbariyati bilan o‘zaro hamkorlik masalalariga oid uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Unda tashkilotlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlash haqida so‘z bordi.
LiveBarchasi