MOQning yangi prezidenti ilk nutqida nimalar dedi?

Sport

image

Xabaringiz bor, joriy yilning 15 may kuni O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbari almashtirildi.

Bir yildan ortiqroq vaqt davomida qo‘mitani boshqargan Umid Ahmadjonovning o‘rniga, Toshkent shahrining sobiq hokimi, O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi raisi Rustam Shoabdurahmonov Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti sifatida saylandi.

O‘tkazilgan saylovdan so‘ng R.Shoabdurahmonov OAVga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“ Menga bildirilgan ishonch uchun rahmat. Vaqt juda kam qoldi. Mas’uliyat katta, bizdan intizom va professionalizm talab qilinadi. Meni qo‘llab-quvvatlashingizni so‘rayman”, deb aytib o‘tdi Rustam Shoabdurahmonov.


Maqola muallifi

Teglar

MOQ Rustam Shoabdurahmonov

Baholaganlar

115

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing