MOQ bosim ostida qolganmi?

Sport

image

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi bosim ostida qolgani haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

“Ijtimoiy tarmoqlardagi ayrim manbalarda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi kuchli bosim ostida qolgani va buning natijasida havaskor va professional boks federatsiyalari birlashtirilgani haqida xabarlar tarqatildi. Shuni ta’kidlash joizki, bu mutlaqo asossiz va yolg‘on ma’lumot! Boks mamlakatimiz yoshlari orasidagi eng sevimli va ommaviy sport turlaridan biri. Shuningdek, bokschilarimiz xalqaro maydonlarda yurtimiz bayrog‘ini ko‘klarga ko‘tarib, nafaqat mintaqamizda balki jahonda yetakchilardan sanalishadi. Bugungi kunda ham Prezidentimizning e’tibori va davlatimizning qo‘llab-quvvatlashi bilan ushbu sport turi rivoji yangi bosqichga olib chiqilmoqda”, deyiladi MOQ xabarida.

Shuningdek, O‘zbekiston MOQ ushbu yolg‘on xabarlarga e’tibor qilmaslik va o‘z navbatida ommaviy axborot vositalaridan faqatgina rasmiy, ishonchli va asoslangan ma’lumotlarni tarqatishni so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 28 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlada: “Bosim ostida qolgan O‘zbekiston Olimpiya Qo‘mitasi mamlakatdagi havaskor va professional boks federatsiyasini birlashtirib, unga AQSH qora ro‘yxatida bo‘lgan G‘ofur Rahimovni boshliq qilib tayinladi. Bu tayinlov ortidan Olimpiya qo‘mitasida  janjal chiqdi. Olimpiya Qo‘mitasiga kim bosim ko‘rsatdi? G‘ofur Rahimovning rahbar etib tayinlanishiga kim qarshi?” qabilida xabarlar tarqatilgan edi.

Ma’lumot uchun, Toshkent shahri boks bo‘yicha U-22 Osiyo chempionatiga mezbonlik qilmoqda. Bugun, 29 yanvar kuni turnirning final janglari o‘tkaziladi va unda 17 nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ktariladi.
 


Maqola muallifi

Teglar

MOQ Boks Bayonot

Baholaganlar

222

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing