MOQ Bosh kotibi lavozimidan ozod qilindi

Sport

image

Bugun, 17 iyul kuni O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi majlislar zalida Qo‘mitaning navbatdan tashqari XXXVI Bosh Assambleya yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda MOQ Matbuot xizmati xabar berdi.

Yig‘ilishda Bosh kotibi lavozimida ishlab kelgan Jasur Matchanovning o‘z hoxishiga ko‘ra yozgan arizasi ko‘rib chiqildi. Bosh Assambleya a’zolari Jasur Matchanovning iste’fosini bir ovozdan qabul qilishdi va Jasur Matyakubovich O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi lavozimidan ozod etildi.

Jasur Matchanov 2018 yil yanvar oyidan buyon Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi lavozimida ishlab kelayotgandi.

Ta’kidlanishicha, MOQ Bosh kotib lavozimiga nomzodlarni ko‘rib chiqmoqda. Bu masalada yakuniy qaror MOQning navbatdagi Bosh Assambleya yig‘ilishida qabul qilinadi. Ya’ni nomzodlar ko‘rib chiqilgach, tashkilotga yangi Bosh kotib saylanadi.


Maqola muallifi

Teglar

MOQ

Baholaganlar

50

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing