Modrich: “Yevro-2020 ni Angliyaga qarshi boshlash — eng yomon variant”

Sport

image

“Real Madrid” hamda Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich Yevro-2020 oldidan chempionat haqida so‘z yuritdi. U turnirni Angliya terma jamoasiga qarshi o‘yin bilan boshlashni “eng yomon variant” deb atadi.

“Har doim pozitiv kayfiyatdaman. Xorvatiya keyingi bosqichga chiqa oladi, deb o‘ylayman. Ammo bu safar bizda juda qiyin guruh bor. Birinchi o‘yinni “Uembli”da Angliyaga qarshi o‘tkazishimiz ko‘p narsadan dalolat beradi. 

Bu — biz uchun haqiqiy final. Chunki musobaqani mag‘lubiyat bilan boshlasangiz, ikkinchi o‘yin oldidan qiyin vaziyatga tushib qolishingiz mumkin. Angliyaning kuchi esa hammamizga ayon. Shu sabab Yevro-2020 ni Angliyaga qarshi o‘yin bilan boshlash — eng yomon variant. Ammo nachora, o‘yinimizni ko‘rsata olsak, g‘alaba qozonishimizga aminman. 

Turnirda yaqqol favoritni ko‘rmayapman, shuning uchun Xorvatiya ham da’vogarlar qatorida ekanini istisno qilmayman. Qo‘limizdan kelganicha harakat qilamiz, ishonchim komilki, Rossiyada o‘tgan Jahon chempionati singari Yevro-2020 ham biz uchun omadli keladi”, deya Modrichning so‘zlarini keltiradi “Daily Mail” nashri. 

Ma’lumot uchun, Xorvatiya guruh bosqichini 13 iyun kuni Angliya terma jamoasiga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. So‘ngra Chexiya (18 iyun) hamda Shotlandiya (22 iyun) bilan bahs olib boradi.

Abdulla Mannonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Xorvatiya Modrich

Baholaganlar

20

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing