Modrich “Real” va “Man Siti”ning YeCHL finaliga chiqish imkoniyatlarini baholadi

Sport

image

Yevropa Chempionlar ligasi yarim finalining dastlabki bahsi yakuniga yetdi. Madridning “Real” klubi o‘z uyida “Manchester Siti”ni qabul qilib, 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi. O‘yin yakunlangach, mezbonlarning xorvatiyalik yarim himoyachisi Luka Modrich uchrashuvi haqida fikr bildirdi. 

“Tanaffusda ayrim jihatlarga e’tibor qaratishimiz kerak edi. Murabbiy bizdan to‘pga ko‘proq egalik qilishni va tashabbusni qo‘lga olishimizni so‘radi. Shuning uchun biz Kamavingadan maydon markaziga o‘tishini so‘radik. Yaxshiroq natijaga loyiq edik. Biroq ikkinchi o‘yinga ham xuddi shunday ishonch va mehmonda g‘alaba qozonish uchun optimistik munosabat bilan yondashamiz. Jamoalarning hech biri ustunlikka erisha olmadi deb, o‘ylayman. Dastlabki o‘yinda hech narsa hal bo‘lmasligini bilardik”, deydi Modrich.

“Real” va “Man Siti” o‘rtasidagi Yevropa Chempionlar ligasi 1/2 finalining javob uchrashuvi 17 may kuni bo‘lib o‘tadi. 11 mayga o‘tar kechasi yarim finalning yana bir o‘yini bo‘lib o‘tadi. “San-Siro”da “Milan” va “Inter” jamoalari kuch sinashadi.


Maqola muallifi

Teglar

Luka Modrich “Real”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing