Modrich “Real”ning eng sovrindor futbolchisiga aylandi
Sport
−
20 dekabr
1240“Real”ning 39 yoshli yarim himoyachisi Luka Modrich “Pachuka” bilan qit’alararo kubok finalida g‘alaba qozonganidan so‘ng (3:0) “qirollik klubi” tarixidagi eng titulli futbolchiga aylandi. Bu haqda “Championat.com” xabar berdi.
Qit’alararo kubok xorvatiyalik yarim himoyachi uchun qaymoqranglilar safidagi 28-kubokdir. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Modrich ayni damda o‘ng qanot himoyachisi Dani Karvaxaldan (27 ta sovrin) oldinda.
Ispaniya grandi tarixidagi eng ko‘p sovrin yutgan uchinchi futbolchini o‘tgan yozda klubni tark etgan himoyachi Nacho Fernandes 26 sovrin bilan egalladi.
Modrich “qirollik klubi”da 2012 yildan beri o‘ynab kelmoqda. Uning jamoa bilan shartnomasi 2025 yil yoziga qadar mo‘ljallangan. “Transfermarkt”ga ko‘ra, Modrichning narxi 6 million yevroni tashkil etadi.