Modi yakshanba kuni qasamyod qabul qiladi

Olam

image

Hindistondagi parlament saylovlarida g‘alaba qozongan Hindiston xalq partiyasi boshchiligidagi Milliy demokratik alyans rahbari Narendra Modining qasamyodi 8 iyun emas, aksincha 9 iyun yakshanba kuniga qoldirildi.  Bu haqda NDTV telekanali xabar berdi.

Qasamyod qabul qilish sanasini o‘zgartirish sabablari haqida xabar berilmagan. Telekanal xabariga ko‘ra, marosimga qo‘shni davlatlarning bir necha rahbarlari taklif etilgan. Bangladesh Bosh vaziri Shayx Xasina va Shri-Lanka Prezidenti Ranil Vikramasingxe o‘zlarining ishtirokini allaqachon tasdiqlashgan. Shuningdek, Nepal Bosh vaziri Pushpa Kamol Dahal, Butan Bosh vaziri Sering Tobgay va Mavrikiy Bosh vaziri Pravind Jagnotga taklifnomalar yuborilgan.

4 iyun kuni Hindistonda parlament saylovlari yakunlandi. Barcha 28 shtat va 8 ta ittifoq hududida ovoz berish 7 bosqichda o‘tdi. Birinchisi 19 aprelda, oxirgisi esa 1 iyunda bo‘lib o‘tdi. O‘z xohish-irodasini bildirishda rekord darajadagi saylovchilar ishtirok etdi – 642 million kishi. Saylovlar natijasida Milliy demokratik alyans quyi palatadagi 543 o‘rindan 292 tasini qo‘lga kiritdi. Hindiston xalq partiyasining o‘zi esa olingan mandatlar soni bo‘yicha 240 o‘rin bilan birinchi o‘rinni egalladi.

Eslatib o‘tamiz, Hindistondagi umumiy saylovlarda ko‘pchilik ovozlar hisoblab chiqilgach, Bosh vazir Narendra Modi boshchiligidagi partiyalar ittifoqi parlamentda hukumatni shakllantirish uchun yetarlicha o‘rinni egallagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston Narendra Modi Bosh vaziri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing