Modi Ukrainaga ham borishi mumkin
Olam
−
27 iyul
3040Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi avgust oyida Ukrainaga tashrif buyurishi mumkin. Bu haqda diplomatik manbalarga tayanib, WION axborot kanali xabar berdi.
Manbalarga ko‘ra, hozircha tayyorgarlik bosqichida bo‘lgan tashrif avgust oyining uchinchi haftasida, katta ehtimol bilan 23 avgust kuni bo‘lib o‘tishi mumkin.
Telekanalning qayd etishicha, avvalroq Vladimir Zelenskiy Modi bilan telefon orqali muloqot qilgan va Hindiston rahbarini o‘z mamlakatiga tashrif buyurishga taklif qilgan.
Shu oyda Hindiston Tashqi ishlar vaziri Subrahmanyam Jayshankar va Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba, shuningdek, Hindiston Bosh vazirining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Ajit Doval va Ukraina Prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak telefon orqali muloqot qildi.
Eslatib o‘tamiz, shu oy boshida Modi Rossiyaga borib, Prezident Vladimir Putin bilan uchrashgandi.
LiveBarchasi