Modi parlament saylovlarida hukmron partiya g‘alaba qozonganini ma’lum qildi
Olam
−
02 iyun
4425Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi ekzit-poll natijalari e’lon qilinganidan so‘ng, uning "Bharatiya Janata" partiyasi (BJP) parlament saylovlarida ishonchli g‘alaba qozonganini aytdi. Bu haqda u X ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.
“Ishonch bilan ayta olamanki, Hindiston xalqi rekord faollik ko‘rsatib, BJP hukumatini hokimiyatda qoldirish uchun ovoz berdi”, deydi Bosh vazir.
Narendra Modining so‘zlariga ko‘ra, INDIA muxolifat alyansi “Hindiston saylovchilari qalbiga yo‘l topa olmagan".
NDTV tomonidan taqdim etilgan so‘rov ma’lumotlariga ko‘ra, "Bharatiya Janata" partiyasi 543 o‘ringa ega bo‘lgan parlament quyi palatasida 350 dan ortiq o‘rinni qo‘lga kiritadi. INDIA alyansi, ekzit-poll natijalariga ko‘ra, 120 dan biroz ko‘proq o‘rin olishi mumkin.
Yakuniy natijalar 4 iyun kuni e’lon qilinadi.
Hindistonda parlament saylovlari 19 aprel kuni boshlangan. Ular 1 iyun kuni yakuniga yetdi. Shunday qilib, ovoz berish 44 kun davom etdi. Bu Hindistonda 1947 yildan beri eng uzun saylovlardan biri. Mamlakat tarixidagi faqat birinchi saylovlar bundan uzoqroq davom etgan – 1951 yil oktyabrdan 1952 yil fevraligacha.
LiveBarchasi