Modi birinchi marta “Sindur” operatsiyasi bo‘yicha bayonot berdi
Olam
−
13 may 9754 1 daqiqa
Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi “Sindur” operatsiyasi doirasida Pokistonga zarbalar berish to‘xtatilganini ma’lum qildi. Bu haqda u kecha, 12 may kuni operatsiya boshlanganidan keyingi birinchi ommaviy chiqishida ma’lum qildi.
U Hiddiston Qurolli kuchlari terrorchilar lagerlarini yo‘q qilish uchun 7 may kuni Pokistonga zarba berganini aytdi.
“Bunga javoban Islomobod terrorizmga qarshi kurashda yordam berish o‘rniga Hindiston hududiga hujum qildi. So‘nggi 2-3 o‘n yillikda Pokistonda bemalol aylanib yurgan, Hindistonga qarshi fitna uyushtirgan bir necha eng yaxshi terrorchilar bir zarbada yo‘q qilindi”, deya qo‘shimcha qildi Bosh vazir.
Uning ta’kidlashicha, Hindiston Islomobod hujumlarni to‘xtatishga va’da berganidan keyin harbiy harakatlarni to‘xtatishga rozi bo‘lgan. Modining so‘zlariga ko‘ra, Nyu-Dehlining keyingi qadamlari Islomobodning harakatlariga bog‘liq.
Eslatib o‘tamiz, Pokiston va Hindiston o‘rtasidagi mojaro 7 mayga o‘tar kechasi avj olgandi: Hindiston armiyasi Pokiston hududidagi va Kashmirning u nazorat qiladigan qismidagi nishonlarga zarbalar berdi. 10 mayga o‘tar kechasi Pokiston Hindistonga qarshi keng ko‘lamli operatsiya boshlanganini e’lon qildi. 10 may kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp Hindiston va Pokiston o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib olganini aytdi.