Mohigul Hamdamova Paralimpiada o‘yinlari sovrindoriga aylandi
Sport
−
31 avgust
6515Fransiyada bo‘lib o‘tayotgan 2024 yilgi Parij yozgi Paralimpiada o‘yinlarining yengil atletika bahslarida Mohigul Hamdamova F57 klassida disk uloqtirish dasturida 32.75 metr bilan shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.
Ushbu natija bilan Mohigul Hamdamova o‘yinlarning bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyasi jamg‘argan medallar soni 8 taga yetdi: 3 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq yadro uloqtirish bo‘yicha F12 klassida kechgan bahslarda o‘zbekistonlik Elbek Sultonov 16.45 metr qayd etishga erishgandi. Bu bilan Sultonov Paralimpiadaning oltin medalini qo‘lga kiritib, chempionga aylandi.
LiveBarchasi
O‘zbekistonda 876 ming nafar ishsiz bor.
04 noyabr