MMA tarixidagi eng yaxshi jangchi kim? Uayt javob berdi

Sport

image

UFC prezidenti Dana Uayt aralash yakkakurashlar (MMA) tarixida amerikalik Jon Jonsni eng yaxshi jangchi hisoblaydi. Bu haqda Uayt “Outta pocket with RGIII” YouTube kanaliga bergan intervyusida aytdi.

“Menimcha, Jons jangovar sport tarixidagi eng buyuk jangchi. Jon Jons, ehtimol, sayyora bo‘ylab sayr qilgan eng zo‘r inson. Men sevadigan Ali, Tayson va boshqa ko‘plab og‘ir vaznli sportchilar bor, ammo Jon Jons hammasida yaxshiroq”, deydi Uayt.

Ma’lumot uchun, amerikalik jangchi 27 ta g‘alabadan iborat ajoyib rekordga ega, u janglaridan o‘ntasida raqiblarini nokautga uchratgan. 37 yoshli sportchi bitta jangda mag‘lubiyatga uchragan, u ishtirokidagi yana bitta to‘qnashuv o‘tkazilmagan, deb qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Dana Uayt Jon Jons

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing