MMA bo‘yicha ilk bor havaskorlar o‘rtasida Markaziy Osiyo chempionati Nukusda o‘tkaziladi

Sport

image

Ertaga, 9 oktyabr kuni Nukus shahridagi 1-sonli Bolalar va o‘smirlar sport markazida aralash jang san’atlari (MMA) bo‘yicha havaskorlar o‘rtasida birinchi Markaziy Osiyo chempionatiga start beriladi.

Ilk marta o‘tkazilayotgan musobaqa Markaziy Osiyo aralash jang san’atlari Konfederatsiyasi (CAMMAC), Xalqaro aralash jang san’atlari federatsiyasi (IMMAF) va O‘zbekiston jang san’atlari assotsiatsiyasi (UMMAA) bilan hamkorlikda tashkil qilinmoqda. Tabiiyki, turnirda mazkur tashkilotga a’zo bo‘lgan, 5 mamlakat – O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Ozarbayjon vakillari g‘oliblik uchun bahs olib boradi. CAMMAC tashkilotiga 2020 yilning 9 fevral kuni asos solingan.

Turnirda sportchilar 10 ta vazn toifasida bahslarga kirishadi. Janglar har biri 3 daqiqadan 3 raund davom etadi.

O‘zbekiston terma jamoa safida Humoyunshoh Zokirov, Behruz Isroilov, Husniddin Sattorov, Shukrullo Rustamov, Behruz Akbarov, Munis Mo‘minjonov, Ikrom Erjanov kabi jami 20 nafar havaskor jangchilar bahslarda qatnashadi.

Ma’lumot uchun, final janglari joriy yilning 10 oktyabri kuni o‘tkaziladi.

Bugun, 8 oktyabr kuni Nukus gornizonidagi harbiy qism madaniyat saroyida o‘tkazilgan matbuot anjumanida Xalqaro aralash jang san’atlari federatsiyasi prezidenti Kennit Braun so‘zga chiqib, sport turlariga berilayotgan e’tibor, sportchilar uchun yaratilayotgan sharoitlar tufayli xalqaro maydonlarda o‘zbek sporti nufuzi ortib borayotganligi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

Nukus Osiyo chempionati MMA IMMAF UMMAA\ CAMMAC

Baholaganlar

26

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing