Misrga to‘fon va qum bo‘roni yopirildi (video)
Olam
−
21 noyabr 2021
18869Misrning O‘rta yer dengizi sohillariga qum bo‘roni, jala va dovul yopirildi. Tabiiy ofat tufayli mamlakatning bir qator viloyatlarida maktablar yopildi. Bu haqda “Ahram Online” xabar tarqatgan.
Xabarlarga ko‘ra, bo‘ronli shamollar bilan birga yog‘ayotgan yomg‘ir suv toshqiniga sabab bo‘lib, avtomobillar va oziq-ovqat do‘konlarini suv bosgan.
Iskandariya va boshqa bir qator shaharlarda ko‘plab ko‘chalar suv ostida qolgan va avtomobillar harakatiga to‘sqinlik qilingan.
Bundan tashqari, Qohiradan 90 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan Fayyum shahrida qum bo‘roni kuzatilgan. Guvohlar tabiiy hodisani suratga olishga ulgurgan.
Qohira ham yomg‘irdan zarar ko‘rgan, biroq aksariyat hududlarda kommunal xizmatlar yog‘ingarchilik bilan kurashgan.
Biroq Qohira va Gizada rasmiylar bugun, 21 noyabr kuni maktab darslarini bekor qilgan.
Meteorologlarning ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda shanba kunidan boshlab to‘rt kunlik beqaror ob-havo to‘lqini bo‘lishi, mo‘’tadil va kuchli yomg‘ir yog‘ishi, kuchli shamol esib, havo harorati 3-4 darajaga tushishi kutilmoqda.
LiveBarchasi