Misrda YTHga uchragan o‘zbekistonlik vataniga qaytarildi

Jamiyat

image

Joriy yilning 6 iyun kuni Misrda yo‘l-transport hodisasiga uchragan o‘zbekistonlik ayol yurtiga qaytarildi.

Qayd etilishicha, og‘ir tan jarohati olgan bemor Qohiradagi shifoxonaning reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. Tekshiruvlar natijasida uning o‘pkasida pnevmotoraks, tos suyagi va chap oyoq sinishi, yuzi va tanasida ko‘plab gematomalar aniqlangan.

Misr Sog‘liqni saqlash vazirligining amaliy ko‘magida 12 iyun kuni bemor Misr hukumatining insonparvarlik yordami sifatida Qohira shahridagi yetakchi va yirik “Nosir ilmiy-tadqiqot va davolash instituti” klinikasiga bepul davolanish uchun yotqizilgan. Taxminan ikki oy davomida shifoxonada bemor barcha zarur tibbiy ko‘riklar va tekshiruvlardan o‘tkazilgan.

Fuqaro S.N. kecha, 5 avgust kuni O‘zbekistonga jo‘natilgan.

Elchixona Misrga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan barcha yurtdoshlarimizni chet elga chiqishdan oldin tibbiy sug‘urtasini olish va chet davlatda bo‘lgan vaqtida o‘z xavfsizligiga e’tibor berishni so‘rab murojaat qildi, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Birlashgan Arab Amirliklarida qariyb 25 ming AQSH dollari qarzi bo‘lib, qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik vataniga qaytarilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

o'zbekistonlik Misr

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing