Misrda mumiyolangan timsohlar qabri topildi
Bu qiziq
−
21 yanvar 2023
10844Misrning janubidagi Qubbat al-Hava shahridan mumiyolangan timsohlar qabri topildi. Bu haqda “Heritage daily” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, qabrdan timsohning beshta skelet va beshta bosh suyagi topilgan.
“Bundan oldin ham Misr hududidan yigirmaga yaqin mumiyolangan timsohlar topilgan edi. Ammo bir vaqtning o‘zida bu darajada yaxshi saqlanmagan edi”, deydi tadqiqotchi arxeozoolog Bea de Kuper.
Topib olingan timsoh jasadlari miloddan avvalgi 300 yillar oralig‘ida yashab o‘tgan bo‘lib, uzunligi 1,8 dan 3,5 metrgacha. Ular dastlab boshqa joyga dafn etilgan. Shuningdek, hayvonlardan birining ichidan bunday sudraluvchilarga suvda muvozanatni saqlashiga imkon beradigan toshlar topilgan.
Eslatib o‘tamiz, Misr hukumati Luksor shahridan taxminan 3500 yillik qadimiy qabr topilganini e’lon qilgandi.
Nurmuhammad Fayzullayev
LiveBarchasi