Misrda 3500 yillik tarixga ega qadimiy qabr topildi

Bu qiziq

image

Misr hukumati Luksor shahridan taxminan 3500 yillik qadimiy qabr topilganini e’lon qildi. Bu haqda “Alarabiya”nashri xabar berdi.

Qabrni Misr va Britaniya tadqiqotchilari Nil daryosining g‘arbiy qirg‘og‘idan topgan. Misr antik asarlar oliy kengashi rahbari Mostafa Vaziriy so‘zlariga ko‘ra, qabr Exnaton va Tutanxamon fir’avnlarining 18 sulolasiga borib taqaladi. Britaniya tadqiqotchilarining aytishicha, qabr qirolning rafiqasi yoki Tutmos naslidan bo‘lgan malika bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, qabrning holati hozirda ancha yomon holga kelib qolgan. Yillar davomida suv toshqinlari qabr xonalarini qum va ohaktosh cho‘kindilari bilan to‘ldirgan.

Ma’lumot uchun, Misrdagi 18 sulola boshqaruvi mamlakat tarixida “Yangi Qirollik davri” deb nomlangan bo‘lib, miloddan avvalgi 1292 yilgacha hukmronlik qilgan. Bu davr Qadimgi Misrning eng gullab-yashnagan yillaridan biri hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, AQSH Prezidenti Jo Baydenning mamlakat sharqida joylashgan Uilmington shahridagi uyida maxfiy deb belgilangan yana besh sahifali hujjatlar topilgani haqida xabar bergan edik.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing