Misrda ikki poyezd to‘qnashdi. Ko‘plab qurbonlar bor (video)

Olam

0:00
0:00
download

Bugun, 26 mart kuni Misr janubidagi Soxag provinsiyasida ikkita yo‘lovchi poyezdi to‘qnashdi. Bu haqda Misr Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

“Poyezdlarning to‘qnashuvi oqibatida 32 kishi halok bo‘ldi, 66 kishi jarohat oldi”, deyiladi vazirlik bayonotida.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ikki poyezdning to‘qnashuviga noma’lum yo‘lovchilardan biri poyezd vagonidagi tormoz beruvchi “stop-kran”ni ishga tushirishi sabab bo‘lgan. Oldinroqda harakatlanayotgan poyezd to‘xtab qolishi oqibatida ortdan kelayotgani unga urilgan.

Ma’lum qilinishicha, Sog‘liqni saqlash vaziri Xala Zayd vaziyatni boshqarish uchun Soxag viloyatiga allaqachon yetib borgan.


Maqola muallifi

Teglar

poezd

Baholaganlar

139

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing