Misrda rossiyalik sayyohni akula yeb qo‘ydi (video)
Olam
−
08 iyun 2023
42745Misrning Xurgada shahridagi plyajda rossiyalik 23 yoshli sayyohni akula yeb qo‘ydi. Bu haqda “Mash” telegram kanali xabar berdi.
Voqea joyidan olingan videolardan ko‘rish mumkinki, yigit akuladan qochishga harakat qilganiga qaramay, nahang uni baribir o‘ldirgan. Bundan tashqari, yana bir qiz ham bu paytda suvda bo‘lib, u qochib qolishga ulgurgan.
Kadrlarga ko‘ra, mahalliy aholi qayiqda jabrlangan yigitni qutqarishga harakat qilgan, ammo bu vaqtda u allqachon akulaning o‘ljasiga aylanib bo‘lgandi. Yirtqich jonzot voqeadan so‘ng hududdagi boshqa plyajlarda ham ko‘rinish bergan. Xabarlarga ko‘ra, hodisadan keyin shahardagi barcha plyajlar yopilgan.
Rossiyaning Xurgadadagi bosh konsulligi shahardagi mamlakat fuqarolariga murojaat qilib, suvda hushyor bo‘lishga va mahalliy hokimiyatning cho‘milish va sho‘ng‘ish bo‘yicha taqiqlariga rioya qilishga chaqirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Avstraliyada 20 yoshli yigit akula o‘ljasiga aylangandi. Yana bir holatda Avstraliyada akula hujum qilishi oqibatida 16 yoshli qiz halok bo‘lgandi.