Misr Prezidenti uchinchi muddatga saylanish uchun o‘z nomzodini qo‘yadi
Olam
−
03 Oktabr 2023
1964Misr yetakchisi Abdulfattoh as-Sisi uchinchi marta prezidentlikka nomzodini qo‘yadi. Bu haqda u Qohiraning sharqida qurilgan yangi ma’muriy poytaxtda o‘tkazilgan uch kunlik “Vatan tarixi” anjumanida ma’lum qildi.
Sisi saylovda yana o‘z nomzodini qo‘yishga qaror qilganini aytib, Misr xalqini shu yilning dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovida faol ishtirok etishga chaqirgan.
Xalqni bu saylovlarni haqiqiy siyosiy plyuralizmning boshlanishiga aylantirishga undagan Sisi, misrliklarning saylovga borish orqali dunyoga o‘z xohish-irodasini erkin ifodalashiga e’tibor qaratgan.
Misr Milliy saylov kengashi raisi Valid Hasan Hamzaning ma’lum qilishicha, 2023 yilning 1-3 dekabr kunlari xorijda, 10-12 dekabr kunlari esa mamlakat ichida prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tadi. Yangi 6 yillik prezidentlik muddatiga nomzod ko‘rsatish uchun arizalar 5-14 oktyabr kunlari qabul qilinadi. Agar saylovlar ikkinchi turga o‘tsa, 2024 yilning 5-7 yanvar kunlari xorijda, 8-10 yanvar kunlari esa mamlakat ichida prezidentlik saylovlari davom etadi.
Ma’lumot uchun, Abdulfattoh as-Sisi 2014 yilgi prezidentlik saylovlaridan keyin lavozimga kelgan. U 2018 yil mart oyida bo‘lib o‘tgan saylovlarda 92 foiz ovoz bilan qayta saylangan.
LiveBarchasi