Misr Prezidenti Mahmud Abbos bilan uchrashdi
Olam
−
09 yanvar
2564Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi Qohirada falastinlik mavqedoshi Mahmud Abbos bilan muzokaralar chog‘ida falastinliklarning majburiy ko‘chirilishiga qarshiligini aytib o‘tdi. Bu haqda Misr rahbarining rasmiy vakili Ahmad Fahmi ma’lum qildi.
“Muzokaralar davomida prezidentlar falastinliklarni o‘z hududidan chiqarib yuborishning har qanday shaklini qat’iyan rad etishlarini tasdiqladilar”, deb yozdi u Facebook'dagi sahifasida.
Misr Prezidentining ta’kidlashicha, uning mamlakati hozirda G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish va u yerga yetarli miqdorda insonparvarlik yordamini zudlik bilan yetkazish uchun muhim sa’y-harakatlarni amalga oshirib, tomonlar bilan barcha zarur aloqalarni davom ettirmoqda.
Shuningdek, u Abbos boshchiligidagi Falastin milliy ma’muriyati hozirgi voqealarda asosiy rol o‘ynashi va bu siyosiy kuch ayni paytda barcha imkoniyatlarini ishga solishi zarurligiga to‘xtalgan.
Misr Prezidentining qo‘shimcha qilishicha, Yaqin Sharq mintaqasida xavfsizlik va barqarorlikning yagona kafolati 1967 yildagi chegaralar doirasida poytaxti Sharqiy Quddus bo‘lgan mustaqil Falastin davlatini barpo etishdir.
O‘z navbatida, Falastin Prezidenti Misr rahbariga Falastin masalasini qo‘llab-quvvatlagani hamda G‘azo va G‘arbiy Sohildagi qon to‘kilishlariga qarshi sa’y-harakatlari uchun minnatdorlik bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning 12 oktyabr kuni Misr G‘azo qochqinlari uchun chegarasini ochmagan va o‘sha yilning dekabr oyi oxirlarida Misr hukumati Isroil va HAMASga G‘azo sektori ustidagi mojaroni hal qilish bo‘yicha uch bosqichdan iborat rejani taklif qilgan edi.