Mishustin o‘z lavozimini saqlab qoldi
Olam
−
11 may
4114Rossiya Davlat Dumasi mamlakat Bosh vaziri lavozimiga Mixail Mishustin nomzodini ma’qulladi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
Mishustinning tayinlanishini "Yagona Rossiya", "Yangi odamlar" va Liberal-demokratik partiya to‘liq qo‘llab-quvvatlagan. Kommunistik partiya fraksiyasi ovoz berishda betaraf qolgan.
Endi yaqin yetti kun ichida Mishustin Davlat Dumasiga Bosh vazir o‘rinbosarlari va vazirlar lavozimlariga nomzodlarni taqdim etishi kerak.
Spiker Vyacheslav Volodin deputatlar ularni mos ravishda 13 va 14 may kunlari ko‘rib chiqishini ma’lum qildi.
Ma’lumot uchun, Mixail Mishustin Rosiya Vazirlar Mahkamasini 2020 yilning yanvaridan buyon boshqarib kelmoqda. Ayni damda u mamlakatning zamonaviy tarixida bu lavozimda eng ko‘p ishlagan – Dmitriy Medvedev (2012-2020) va Viktor Chernomirdin (1992-1998)dan keyingi Bosh vazir bo‘lib qolmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya hukumati 7 may kuni mamlakat Prezidenti Vladimir Putinning inauguratsiyasidan so‘ng darhol iste’foga chiqqandi. Vladimir Putin Davlat Dumasiga Mixail Mishustinning mamlakat Bosh vaziri lavozimiga nomzodini тақдим etdi.
LiveBarchasi