Besh hududda 152 kishida koronavirus aniqlandi
Jamiyat
−
23 iyul 2020
13635Bugun, 23 iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 152 nafarga oshib, 18531 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining 37 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 34 nafar Qashqadaryo viloyatida, yana 34 nafari Samarqand viloyatida, 19 nafari Buxoro viloyatida, 15 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida hamda 13 nafari Farg‘ona viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Ayni paytda O‘zbekistonda 9872 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (53 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 8560 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 100 nafari og‘ir, 27 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi